logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:45
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: «Ertaga barchani xursand qilishga harakat qilamiz»

 24 AVGUST, 22:50 31

.

OFK kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Nasaf" — "Ahal" uchrashuvidan oldin bo'lib o'tgan  matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda Husayn Norchaev ishtirok etdi.

"Ertangi o'yinga, “Ahal” jamoasiga qarshi tayyorgarligimiz ko'ngildagidek o'tdi. Futbolchilarimiz ham  ertangi bellashuvga har tomonlama tayyor. Raqib haqida ham aytib o'tishimi kerak. "Ahal"—  ajoyib jamoa. Ularning o'yinlarini ko'rganda haqiqatdan ham futbol o'ynashini, o'yinni yaxshi tashkil etishini, turli sxemalardan foydalanishlarini, individual kuchli futbolchilarga egaligini ko'rdik. O'ylaymanki, ertaga qiziqarli o'yin bo'ladi. Biz ertaga bor mahoratimizni ko'rsatib, kerakli natijaga erishishimiz zarur", — deydi Ro'ziqul Berdiev.

"Biz "Ahal" jamoasini yaxshi  o'rganib chiqdik. Ertangi o'yinga tayyorgarligimiz ham yaxshi bo'lmoqda. Ertaga muxlislarni xursand qiladigan natijani qo'lga kiritishga harakat qilamiz",— deydi Husayn Norchaev.

— Siz O'zbek futbolida bir necha yillardan beri faoliyat ko'rsatib kelyapsiz. Turkman futbolining qaysi jihatlari bizdan yuqori, qaysi jihatlari ortda?
— Aytib o'tishim kerak, biz oldin ham turkman jamoalari bilan bir necha marotaba to'qnash kelganmiz. Turkmaniston milliy terma jamoa o'yinlarini ko'p kuzatamiz. Bizga o'xshash taraflari bor. Texnikaga tayangan holda taktik futbol ko'rsatadi. Menimcha futboldagi mentalitet bir-biriga o'xshash. Alabatta darajasi har xil bo'lishi mumkin. O'zbekistonda futbol o'yinlari yaxshi tashkil qilinib, chempionat o'yinlari barqaror o'tib kelmoqda. Ularda pandemiya sababli ichki chempionat bahslari o'tkazilayotgani yo'q. Bu esa qaysidir ma'noda jamoamizga asqotishi mumkin. Lekin bu bizga ta'sir qilmaydi. Biz ertangi baxs uchun maksimal darajada tayyorgarlik ko'rdik. O'zbekiston va Turkmaniston tabiati ham deyarli bir xil. Shuning uchun biz issiqda ham, sovuqda ham futbol o'ynashni yaxshi ko'ramiz. Raqibning ikkita o'yinlarini ko'rib chiroyli futbol ko'rsatishiga guvoh bo'ldik. O'ylaymanki ertaga bizni qiziqarli baxs kutib turibdi. Bizning bosh maqsadimiz yurtdoshlarimizni, muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilish.

— "Nasaf" OFK kubogida g'olib chiqish uchun Superligani qurbon qilyapti degan gaplar yuribdi. Bu gap, so'zlar qanchalik haqiqatga yaqin?
— Har xil gaplarga ishonaverish kerak emas. Har bir musobaqadagi o'yinlarga maksimal darajada harakat qilyapmiz. Qaysidir o'yinda yutyapmiz, qaysidirida mag'lubiyatga uchrayabmiz. Lekin har bir o'yinda bor imkoniyatimizni ishga solyabmiz. Muxlislardan bunday gaplarga e'tibor bermasliklarini so'rab qolardim. Yuqorida aytganimdek qanday o'yin bo'lishidan qat'iy futbolchilarimiz oxirigacha kurashishadi.

— Superligadagi so'ngi bellashuvlar natijalari jamoaning kayfiyatiga ta'sir qilayotgani yo'qmi?
—  Bunday deb o'ylamayman. So'nggi turlarda Superliganing etakchi jamoalari bilan o'ynadik. Qaysidir o'yinlarda mag'lub bo'ldik, qaysidirida mag'lub etdik. O'ylaymanki, ertangi bahsda yigitlarning kayfiyatiga ta'sir qilmaydi. Jamoani ichida bo'lganim uchun futbolchilar har tomonlama tayyor ekanligini ko'rib turibman.

— Yaxshi darvozabon “yarim jamoa” deb hisoblansa, legioner mahalliy futbolchidan bir bosh ustun bo'lishi kerak. "Nasaf"ga yozgi transferlar oynasi vaqtida yangi xorijlik futbolchi kelib qo'shildi. Andriya Kaluderovich qaysidir o'yinda gol urdi va qaysidir o'yinda golli uzatmani amalga oshirdi. Andriya jamoaga qay darajada qo'shilib keta oldi? Ertangi o'yinda uning qanchalik yordami tegishi mumkin? Legioner borasida sizda havotir bormi?
— Yangi legionerimiz jamoaga kirishib ketdi. Har qanday jamoamizga yangi kelgan futbolchini yaxshi qabul qilishimiz kerak. Futbolchining barcha imkoniyatini ochish uchun uni yaxshi qabul qilishimiz kerak.  Biz shunga e'tibor qaratamiz. Andriya jamoaga moslashib ketdi. Buni mashg'ulotlarda ham ko'rib turibman. Andriyada tajriba bor. Unlan Superligada to'purar bo'lishni talab qilmasligimiz mumkin. Lekin kerakli o'yinlarda jamoaga yordam berishini talab qilamiz. U ertangi bahsga yuqori kayfiyatda tayyorgarlik ko'rmoqda.Shunday ekan havotirga o'rin yo'q. Eng yaxshi tayyorgarlikka ega futbolchilarni tushiramiz. Tarkibimizda 20-25 yaqin futbolchi bor. Darvozabonimiz jarohat olgan, bilasizlar. Abduvohid Ne'matovning jarohati qanchalik jiddiyligi aniq emas. Lekin u kamida bir yoki ikki oyni o'tkazib yuborishi ehtimoli bor.

— "Nasaf" ayni paytda xalqaro maydonda ishtirok etayotgan O'zbekistonning yagona jamoasi bo'lib turibdi. Tabiiyki muxlislar klubdan chempionlikni kutadi. Bu futbolchilarga ortiqcha bosim yuklamaydimi?
—  Menimcha yo'q. OFK kubogida yaxshi start oldik. Ikkinchidan oradan ancha vaqt o'tdi. Jamoamizning qanchalik imkoniyatga egaligini yaxshi bilamiz. Futbolchilarning ruhiy tayyorgarligini yaxshi olib borishga intilmoqdamiz. Ertaga ham bosimni engishga tayyormiz.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR