EChL. "Real"ning "Shtatgurt"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi e'lon qilindi
16 SENTYABR, 2024, 18:42
Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turi doirasida “Shtutgart”ga qarshi uy uchrashuvi uchun qaydnomasini e'lon qildi.
19 nafar futbolchidan iborat ro'yxatga jarohati sabab klubning so'nggi o'yinlarini o'tkazib yuborgan yarim himoyachilar Jud Bellingem va Aurelien Tchuameni kiritilgan.