logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:10
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Vlashichga Londondan taklif chiqib qoldi

 24 AVGUST, 22:30 66

.

TsSKA yarimhimoyachisi Nikola Vlashich faoliyatini «Vest Xem» da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi italiyalik jurnalist Daniele Longo.

Manbaga ko'ra, London klubi xorvat uchun zarur bo'lgan 30 million evroni to'lashga tayyor.

Ma'lum qilinishicha, bugun agent bilan uchrashuv bo'lib o'tadi va mumkin bo'lgan bitim tafsilotlari muhokama qilinadi. Avvalroq, Vlashichning o'zi «Milan»ga ketmoqchi bo'lgani haqida xabar berilgandi, biroq Italiya klubi «armiyachilar» rahbariyati bilan kelisha olmadi.

Eslatib o'tamiz, Vlashich 2019 yilda TsSKAga «Everton» dan taxminan 16 million evroga o'tgan edi. Bu mavsumda u to'rtta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR