logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:01
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Kilian Mbappe transferiga oid eng so'nggi yangiliklar

 24 AVGUST, 22:30 311

.

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe avgust oyidayoq Madridning «Real» klubiga o'tishga yaqin turibdi. Parijliklar klubi frantsiyalik futbolchini mo'may pul evaziga qo'yib yuboradimi yoki 2022 yilda tekinga ketishiga qo'yib beradimi? «Daryo» Mbappe atrofidagi eng so'nggi insaydlarni bir joyga jamladi.

RMC Sport’ga ko'ra, «PSJ» Mbappega «5+1» ko'rinishidagi shartnoma taklif qilgan. Unga ko'ra maosh sezilarli darajada oshirilgan (hozirda yiliga 30 mln evro atrofida), biroq miqdor Messi va Neymarnikidan kamroq. Bu variantni Mbappe rad etgan.

Nashrning qo'shimcha qilishicha, «PSJ» uni ushlab qolish va kelasi yil tekinga qo'yib yuborish variantidan voz kechish arafasida. Mbappe borasida «PSJ» hozircha faqat APL klubidan (nomi oshkor qilinmagan) taklif olgan. «Real» rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Parijda «B reja» ham bor. Agar Mbappe ketadigan bo'lsa, jamoa uning o'rnini «Everton» forvardi Risharlison bilan to'ldirmoqchi.

Marca va AS xabariga ko'ra, «PSJ» 31 avgustga qadar Mbappeni sotib yuborish variantini inkor etmayapti, asosiy variant — «Real». Parij klubi Qatardan javob kutmoqda, so'nggi ma'lumotlarga qaraganda u erdan javob kelgan. Avvalroq Mbappening «PSJ»dagi kelajagini Qatar amiri va «PSJ»ning egasi Tamim bin Hamad at-Tani hal qilishi aytilgandi.

Madrid nashrlarining qo'shimcha qilishicha, Kilianning «Real»ga transferi Krishtianu Ronalduning «PSJ»ga o'tishini tezlashtiradi.

Foto: Marca

DirectoGol Mbappe «Real»ga o'tishini aytmoqda. Unga ko'ra, Kilian madridliklar safidagi debyut o'yinini 11 sentyabr kuni «Santyago Bernabeu»ga kechadigan «Selta»ga qarshi bahsda o'tkazadi.

Carpio Marca: «Real» Mbappe uchun 150 million evro taklif qiladigan bo'lsa, «PSJ»da uni kelasi yili tekinga qo'yib yubormaslik uchun rozi bo'lishdan boshqa iloj yo'q. Madridliklar ham buni yaxshi tushunib turibdi.

Ispaniyalik jurnalist Xosep Pedrerolga ko'ra, «Real» 2022 yilga qadar kutib o'tirmoqchi emas va Mbappeni shu yozda qo'lga kiritmoqchi. «Madridliklar Mbappedan faxrlanishi kerak, u kamroq pul evaziga bo'lsa-da «Real» uchun o'ynash istagida. Mbappedan bundan ortig'ini talab qilib bo'lmaydi. U Madridga kelish uchun barcha ishni qildi», — deydi Pedrerol.

Cadena COPE esa bu transferga pessimistik ruhda qaramoqda. Radio jurnalisti Pako Gonsalesning qayd etishicha, Mbappening «Real»ga transferini bu yozda amalga oshirish deyarli imkonsiz. Mbappening xohishi va harakatlari hech narsa bermaydi. Hammasini Qatardan keladigan «xat» hal qiladi.

Ko'plab nashrlar bu hafta «qaynoq» bo'lishi qayd etmoqda. Katta ehtimol bilan Mbappe Madridga keladi. Oy boshida Messidek super yulduzidan ayrilgan ligada yangi taniqli nom paydo bo'lishi katta ehtimol. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR