logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:45
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
«Nasaf»ning xalqaro maydondagi yurishi davom etadi. «Ajdarlar»ning keyingi «o'ljalar»i kimlar?

 24 AVGUST, 22:25 56

.

25 avgust sanasida o'zbek futbol ishqibozlari diqqat markazi yana bir erga jam bo'ladi. Qarshining «Nasaf» jamoasi xalqaro maydondagi o'z yurishini davom ettiradi. «Ajdarlar» OFK Kubogi-2021 navbatdagi bosqichi doirasida Turkmanistonning «Ahal» jamoasi bilan kuch sinashadi. Ushbu qarama-qarshilik markaziy Osiyo mintaqasi finali doirasida o'tkaziladi.

Ma'lumot uchun, ushbu juftlik g'olibi Janubiy mintaqa guruh bosqichi g'olibi bilan inter zonal yarim finalida bahs olib boradi. Bu erdan o'tib olgach g'olib jamoa o'z navbatida ushbu zonaning finalida Gonkongning «Li Man» klubini sinovdan o'tkazadi. Bu juftlik g'olibi esa nihoyat OFK kubogi finalida G'arbiy mintaqada mutlaq g'alaba qozongan jamoaga to'qnash keladi. U yo'lakchada esa qaysi klublar borligini batafsil quyida bilib olishingiz mumkin.

G'arbiy mintaqa
20 sentyabr
"Al Muharraq" (Bahrayn) - "Al Ahad" (Livan)
21 sentyabr
"Al Kuvayt" (Kuvayt) - "Al Salt" (Iordaniya)

Markaziy mintaqa
25 avgust
"Nasaf" (O'zbekiston) - "Ahal" (Turkmaniston)

Janubiy mintaqa
"Mohun Bagan" (Hindiston)
"Bashundxara Kings" (Bangladesh)
"Maziya" (Maldiv orollari)
"Bengaluru" (Hindiston) yoki "Igls" (Maldiv orollari)
G'arbiy mintaqa finali
"Al Muharraq" - "Al Ahad" g'olibi - "Al Kuvayt" - "Al Salt" g'olibi

Inter zonal yarim finali
"Nasaf" - "Ahal" g'olibi - Janubiy mintaqa guruh bosqichi g'olibi

Inter zonal finali
Inter zonal yarim final g'olibi - "Li Man" (Gongkong)

OFK KUBOGI-2021 FINALI
G'arbiy mintaqa finali g'olibi - Inter zonal final g'olibi

Tan olish kerak, vakillarimiz ushbu musobaqaning yaqqol favoritlari sifatida e'tirof etilmoqda. Darvoqe, qarshiliklar uchun OFK kubogi begona emas. Jamoa bundan roppa rosa 10 yil oldin ushbu turnirda zafar quchgan edi. To'g'ri, u paytdagi sharoit-u homiylar, shuningdek tarkibning o'zida ham katta tafovutlar mavjud. Biroq bir klub uchun bir musobaqa yaxlit o'zinikiga aylanib qoluvchi holatlar bor gap. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari OFK kubogida o'zlarini juda erkin his etgan holda o'ynashadi. Zero, buni bu yil ham etarlicha isbotlashdi.

Eslatib o'tamiz, raqiblarimiz «Ahal» jamoasi Markaziy Osiyo mintaqisining ikkinchi guruhida bahslarni o'tkazdi. Turkman klubiga bu yo'lda Qirg'izistonning «Dardo'y» va Tojikistonning «Ravshan» jamoalari raqiblik qildi. Yakunda esa «Ahal» 6 ochko to'plagan holda keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqqan edi.

Keling, «Nasaf»ni avvalo, ushbu pley-off bosqichigacha bosib o'tgan yo'liga to'xtalamiz.

Vakillarimiz «F» guruhidan joy olgan holda «Oltin asr», «Xo'jand» hamda «Oloy» klublari bilan bahs olib bordi va ularning barchasini mag'lub etib, guruhda yuz foizlik natija bilan keyingi bosqich yo'llanmasini naqd qildi.

«Nasaf» birinchi turda Qirg'iziston vitse-chempioni «Oloy» bilan bahs olib bordi. Ta'kidlab o'tish kerak, ushbu o'yin va umuman barcha uchrashuvlar Dushanbeda bo'lib o'tdi. Qirg'izlar bilan kechgan bahsni qarshiliklarning yaqqol ustunligi ostida o'tdi desak ham bo'laveradi. Garchi sun'iy qoplamali maydonda to'p telishlariga qaramay vakillarimiz o'z maqsadlariga maksimal darajada erishdi. Birinchi bo'limda ehtiyotkorroq o'ynagan «Nasaf» ikkinchi taymni hujumkor tempda o'tkazib, 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi turga e'tibor qaratsak, aksincha holat: «Xo'jand» bilan o'yin masalasi birinchi bo'limdayoq hal qilib olindi va ikkinchi bo'limda asosan ehtiyotkorroq rejimga urg'u berildi.

Biroq natija o'sha-o'sha ishonchli - 3:0. Ro'ziqul Berdiev musobaqa mezbonlari bilan uchrashuvda kuchni tejab o'ynadi va deyarli hal qilib bo'lingan pley-offga kerakli futbolchilarni asrab qoldi, ularga dam berdi. Darhaqiqat, «Oloy» bilan bahsdan so'ng raqib jamoa bosh murabbiyi No'monjon Yusupov «Nasaf»ni nafaqat ushbu guruh, balki musobaqaning ham asosiy favoriti deya ta'kidlab o'tgandi. Bu turnirda haqiqatan ham mamlakatimiz jamoalari yomon ishtirok etishmagan. «Nasaf»ning o'zini g'olibligi, shuningdek, «Neftchi» ham chorak final bosqichlarigacha etib borgan va shu kabi ko'plab misollarni topish mumkin. 3-turda esa Berdiev shogirdlari Turkmanistonning kuchli klubi «Oltin Asr» bilan bahs olib bordi. Kutilganidek, bu o'yin ham «Nasaf»ga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmadi va 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishildi.

E'tiborli tomoni, qarshiliklar guruh bosqichini birorta ham gol o'tkazmasdan yakunlashdi va umumiy hisobda raqiblari darvozasiga 9 ta to'p kiritishdi. Albatta, bu erda Markaziy Osiyo mintaqasidagi ushbu raqiblarimizning hurmatini saqlagan holda aytish mumkinki, har uchchala jamoa ham «Nasaf» darajasiga umuman yaqin emas edi. Qarshiliklar barcha bahslarni ekanom rejimida va katta zaxira bilan o'tkazdi. Ular o'tkazilgan turlarda rosmana favoritlik maqomini isbotladi. Endigi raqiblarimiz finalgacha deyarli o'ta kuchli bo'lmasligi taxmin qilinmoqda. Biroq o'ylaymizki, finalda ham biz bilgan o'sha Sharqning tajribali klublarini ham «Nasaf» kutilganidek xotirjam mag'lub etishning uddasidan chiqadi va yurtimizga qiymatidan qat'i nazar ushbu musobaqa bosh sovrinini olib keladi. Biz bu yo'lda Ro'ziqul Berdiev va uning shogirdlariga omad tilab qolamiz.

Yusufbek Saydaliev tayyorladi

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR