"Milan"ning "Venetsiya" ustidan qozongan g'alabasi "Liverpul" bilan o'yin uchun chiptalar sotuvini keskin oshirdi
16 SENTYABR, 2024, 18:30
Italiya chempionatining 4-turida “Milan” birinchi bo'limda raqib darvozasiga javobsiz to'rtta gol urib, “Venetsiya”ni mag'lub etdi.
Paulo Fonsekaning rasmiy o'yinlardagi ilk g'alabasiga aylangan bu o'yin esa kutilmagan ta'sir ko'rsatdi. Ertaga Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan “Liverpul”ga qarshi o'yinga chiptalar sotuvi keskin oshdi.
Ilgari bu sotuvlar yaxshi ketmagan bo'lsa, shanba kungi g'alabadan keyin odamlar kassaga yugurishdi va hozirda o'yin uchun 55 mingdan ortiq chipta sotilgan.