logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Bir paytlar ulardan ko'p narsa kutilgan edi, endi esa...

 24 AVGUST, 21:20 264

.

10. Adnan Yanuzay – «MYu»

«Manchester Yunayted»dagi 2013-14 yilgi mavsumda bir futbolchi barchaga yangi umid o'chog'i sifatida gavdalanadi. Belgiyalik futbolchi Yanuzayning debyut o'yinidagi dubli yulduzlikdan nishona edi. Vinger o'yinlarida yosh bo'lsa ham kattalarnikiday viqor mavjud bo'lgan. Uning jamoadagi ilk o'yini ham porloq kelajagidan xabardek tuyulgan edi. Afsuski, u o'n birinchi raqamli futbolka kiygani bilan bu hamma narsani belgilab bera olmasdi. Futbolchi tez orada, 2017 yilda jamoani tark etishga majbur bo'ladi.

9. Xaver Saniola – «Barselona»

Argentinaning «River Pleyt» klubidan 19 yoshida Ispaniyaga, Barselonaga ko'chgan hujumchi barchaning nigohida yuksalib borayotgan edi. U Kataloniyadagi debyut mavsumidayoq 17 ta gol urishga muvaffaq bo'ladi. Saniola bu bilan kelajakka qanday katta nom etib kelganini ko'rsatib qo'ygandek edi. Shu yo'sinda uning o'yinlari qirollik klubini ham o'ziga mahliyo qilib qo'yadi. Futbolchi «Real» bilan 2007 yilda 3 yillik shartnomaga imzo chekadi. Ammo davom kutilganidek emasdi. Jarohatlar argentinalik yulduzni jarlikka tortib ketdi. Saniola 2013 yilda o'z faoliyatini «Olimpiakos» safida yakunlashga majbur bo'lgan.

8. Antoni Le Tallek – «Liverpul»

Frantsiyaning «Le Gavr» akademiyasida porlagan futbolchini 2001 yildagi ko'rsatgan o'yinlari ortidan «Liverpul» o'z safiga jalb qiladi. Uning o'yinlari go'yo Zinedin Zidanniki kabi edi. Lekin u haqida o'ylangan hayollar puchga aylanadi. Le Tallek 2008 yilda yana Frantsiyaga ijara asosida qaytadi. U faoliyatidagi darajasidan shunchalik qulagan ediki, 2021 yilda havaskor futbolchiga aylanib qoladi.

7. Jek Rodvell – «Manchester Siti»

«Everton» klubidagi ikki mavsum ajoyib o'yin, Rodvell uchun «Manchester Siti»ning 12 million funt sarflashi uchun etarli bo'lgan edi. Ingliz yarimhimoyachisi hech qachon o'zidan kutilgan natijani ko'rsata olmaydi. Buning o'rniga, ikki yildan so'ng, «shaharliklar» uni «Sanderlend»ga 5 yillik shartnoma asosida sotib yuboradi. Bu Rodvellning «qora mushuklar» tarkibida so'nib borishi uchun qo'yilgan tamal toshiga aylanadi.

6. Juzeppe Rossi – «MYu»

«Manchester Yunayted» bilan qilingan 2005 yildagi shartnoma, italyanga yangi dunyo eshigi uchun kalitdek tuyulgan edi. U klub tarkibida 2005 yili atigi 17 yoshida debyut qiladi. Rossi Ruud van Nisterlooy bilan ajoyib tandemga ega, uni qoyil qoldirishga erishgan edi. Ammo yakun kutilganidek emasdi. Uning peshonasiga boshqa chizgilar chizilgandi. Jarohatlar va beqaror o'yin uni 2007 yildayoq jamoadan ketishiga sabab bo'ladi. Bir dunyo talantga ega hujumchi halihamon «MYu» muxlislari tomonidan yaxshi xotirlanadi.

5. Guti – «Real»

Ushbu futbolchining «qaymoqranglilar»ga sodiqligi, oxir-oqibat unga imkon berilishi bilan yakunlandi. «C» va «B» jamoadagi bir necha yillik o'yinlardan keyin, Guti 1995 yilda asosiy tarkib futbolchisiga aylangan edi. U 2010 yilgacha jamoa bilan birga bo'lib, ko'plab sovrinlar yutishda yordami tegadi. Ammo u asosan zahira sifatida foydalanilar, 30 daqiqalik futbolchiga aylantirib qo'yilgan edi.

4. Boxan Krkich – «Barselona»

Lionel Messi tomonidan o'rnatilgan tarkibdagi eng yosh futbolchi rekordini yangilagan Boxan klubning yorqin kelajagiga aylanishi mumkin edi. Ispaniyalik hujumchi o'zining ajoyib harakatlari bilan hammaning e'tiboriga tushishga muvaffaq bo'ladi. Ammo muammolar girdobiga tushgan va jarohatlangan futbolchi keraksizga aylandi. Shu sabab «Nou Kamp»dan ijaraga berib yuborildi. 2014 yilda «Stok Siti» bilan shartnoma imzolagan futbolchi faoliyati sustlashishda davom etdi. U Yaponiya va Amerikada ham bo'lib qaytdi. Hozir esa hatto aniq qaerdaligini aytishning o'zi mushkul.

3. Ravel Morrison – «MYu»

Biz ko'p bor eshitgan hikoya Morrison hayotida ham takrorlanadi. Uning ham katta klubda omadi chopmagan edi. Juda yuqori baholangan yigit 2012 yilda «qizil iblislar» safidan ketadi. Uning keyingi manzili London, «Vest Xem» edi. Uning o'yiniga ko'p jamoalar mahliyo bo'lgan bo'lsa ham, taqdir bitigi o'zga edi.

2. Aleksandr Pato – «Milan»

Milan shahri taniqli jamoasida birida o'smirlikdan to'p surgan futbolchida hamma imkoniyatlar mujassam edi. U maqsadga intilishda katta shijoat ko'rsatadi. Afsuski, jarohatlar Pato yo'lini ham to'sa boshladi. Uning o'yinida ko'ringan beqarorlik va pasayish, braziliyalikni jamoadan ketishigacha olib keladi. 2009 yilgi «Oltin bolakay» so'vrini egasi 2013 yilda Braziliyaga qaytadi. U hozir 2007 va 2009 yildagi o'yinlari bilan eslanadi, xolos.

1. Hoshim Mastur – «Milan»

«Milan»ning yana bir istiqboli porloq o'yinchisi sifatida ko'riladigan bolakayi, rivojlanishning yuqori cho'qqisiga chiqishni xohlar edi. Ammo u barchasidan tezda mahrum bo'ladi. Marokashlik Mastur «Milan»ning asosiy tarkibiga 14 yoshlik paytidayoq «Malaga»dan keltiriladi. Yosh yigitcha o'yini esa hech qachon izchillikda bo'lmadi. U o'smirlik davrini beqarorlikda o'tkazdi. Bir paytlar Neymar bilan reklamalarda suratga tushgan Mastur, hozirda Italiya C Seriyasida to'p suradi.

 

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR