Magdalena Frenx faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi
16 SENTYABR, 2024, 17:48
Meksikaning Gvadalaxara shahrida tennis bo'yicha WTA500 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.Musobaqa bosh sovrini polshalik Magdalena Frenxga nasib etdi. Dunyoning 43-raketkasi bo'lib kelgan Frenx 2 daqiqasi kam 2 soat davom etgan final uchrashuvida WTA reytingida 152-pog'onadan joy olgan avstraliyalik Oliviya Gadekini mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(5), 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Frenx 4, Gadeki 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik ham Magdalena tomonida bo'ldi - 3 ga 2. Polshalik tennis malikasi faoliyatidagi ilk WTA sovrinini qo'lga kiritdi.
U 500 reyting ochkosi va 142,000 AQSH dollariga ega bo'ldi. Frenx bugun elon qilingan yangi reytingda 32-o'ringa ko'tarilib oldi. Gadeki esa bir haftalik mehnatidan 325 ochko va $87,655 ishlab oldi. Avstraliyalik bugun Top-100`da debyut qildi.
Manba: olamsport.com