"Manchester Siti" 2024 yilda jazolanishi dargumon
16 SENTYABR, 2024, 17:00
Yaqinda "Manchester Siti" ishi bo'yicha tinglovlar boshlanadi, klub 115 ta moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda. Ish hajmini inobatga olgan holda, sud jarayoni uzoq davom etishi kutilmoqda. Mustaqil komissiya xulosalari 2025 yilgacha e'lon qilinishi dargumon, deb yozadi Daily Mirror.
“Manchester Siti” o'tgan to'rt mavsumning har birida Angliya chempioni bo'lgan. Moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblovlar “shaharliklar”ga nisbatan ancha oldin 2023 yil fevralida qo'zg'atilgan.
Angliya Premer-ligasining yangi mavsumining to'rtta dastlabki turida "Manchester Siti" maksimal ochko to'pladi.