Kimmix "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor
16 SENTYABR, 2024, 16:48
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor. Bu haqda Germaniyaning Sky Sport nashri xabar berdi. Manba bergan xabarga ko'ra, yarim himoyachi allaqachon rahbariyat bilan muloqotga tayyor.
Kimmixning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. O'tgan yozda "Manchester Siti", "PSJ" va "Barselona" kabi klublar Joshuaning xizmatlariga qiziqish bildirgandi, ammo nemis futbolchisi hech bo'lmaganda amaldagi shartnomasi tugaguniga qadar "Bavariya"da qolishga qaror qildi.
Avvalroq Kimmix ba'zi kelishmovchiliklar tufayli "Bavariya" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmagandi, ammo yarim himoyachi allaqachon shartnomani uzaytirishga tayyor.