logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:10
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini yanada kuchaytirish mavzusida onlayn yig'ilish o'tkazildi

 24 AVGUST, 15:55

MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov boshchiligida Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini yanada kuchaytirish mavzusida onlayn yig'ilish bo'lib o'tdi. ZOOM platformasi orqali o'tkazilgan ushbu yig'ilishda Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, sport turlari bo'yicha federatsiya va assotsiatsiyalarning mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Rustam Shoabdurahmonov kuchli zaxira sportchilarini tayyorlash masalasining qanchalik dolzarb ekanini ta'kidlab, bu borada qilinishi kerak bo'lgan ishlar bo'yicha mutasaddilarning fikrini o'rgandi. Yig'ilish davomida tennis, regbi, gandbol va bir qator federatsiyalar rahbariyati mazkur mavzu yuzasidan o'z takliflarini bildirib o'tishdi.

13 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan O'zbekiston delegatsiyasini qabul qilar ekan, Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha bir qator vazifalarni belgilab berdi. Ular orasida jamoaviy sport turlarida ham Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish vazifasi qo'yildi.

Qayd etish joiz, sportga ixtisoslashgan ta'lim muassasalarida jamoaviy yo'nalishlarga ajratilgan kvotalar kam. Yig'ilish davomida shu va boshqa masalalar, jumladan, Olimpiya zaxiralari kolleji, Jismoniy tarbiya va sport universitetida jamoaviy yo'nalishlardagi kvotalar sonini ko'paytirish taklifi, sportchilarni qabul qilish va ularni o'qitish tizimi, milliy chempionatlarda raqobatbardosh kuchli klublarni ko'paytirish kabi yo'nalishlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan jamoalarni shakllantirib borish masalasi ham kunning dolzarb mavzularidan bo'ldi. Tadbir yakunida MOQ rahbari kun tartibidagi masalalar yuzasidan federatsiyalarning takliflari ko'rib chiqilishini ta'kidlab o'tdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR