logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:55
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
O'FA saylov Kongressi bo'yicha ma'lumot!

 24 AVGUST, 15:30 26

.

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 25 sentyabr kuni O'FAning navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi o'tkaziladi.

Ushbu Kongressda 2021-2025 yilgi muddatga O'FA Prezidentligi, Vitse-prezidentligi lavozimlari hamda O'FA Ijroiya qo'mitasi a'zoligiga (a'zolardan 1 nafari ayol kishi bo'lishi shart) saylov bo'lib o'tadi.

Ilgari surilayotgan nomzodlaringizni O'FAning rasmiy elektron manziliga (info@ufa.uz) 2021 yil 10 sentyabrga qadar yuborishingiz so'raladi. Ma'lumot uchun, O'FA ustavi va Saylov kodeksi O'FA rasmiy veb-saytining Me'yoriy hujjatlar bo'limiga joylashtirilgan.

Shuningdek, Kongress bo'lib o'tadigan joy, vaqt va Kongress kun tartibi joriy yilning 15 sentyabr kuniga qadar barcha delegatlarga ma'lum qilinadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR