Frenki mashg'ulot o'tkazdi
16 SENTYABR, 2024, 16:00
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong sekin-asta safga qaytmoqda. Xabarga ko'ra, niderlandiyalik yarim himoyachi allaqachon jamoa bilan qisman shug'ullanmoqda.
De Yong iyun oyida jarohat olgan, shu tufayli u nafaqat mavsum boshini o'tkazib yuborgan, balki Ronald Kuman shogirdlari yarim finalga chiqqan Evropa chempionatida Niderlandiya terma jamoasiga yordam bera olmagandi.
Avvalroq, agar futbolchi maoshi kamaygan holda shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, de Yong kelasi yozda transferga qo'yilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Frenkining "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.