logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:48
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Tokio-2020: Paralimpiya o'yinlarida bayroqdorimiz o'zgardi

 24 AVGUST, 14:55 53

.

Barchaga ma'lumki, bir necha soatlardan so'ng Tokioda Paralimpiya o'yinlariga start beriladi.

Narita aeroportida olingan test natijalariga ko'ra, dzyudo bo'yicha bir nafardan sportchi va murabbiyimizda koronavirus infektsiyasi aniqlandi va ular Tokio shahrida karantinga olindi.

Shuningdek, engil atletika bo'yicha terma jamoa a'zosi va bayroqdori Nurxon Qurbonova samolyotda ularga yaqin masofada bo'lganligi bois, bu sportchiga ham Xalqaro Paralimpiya tashkiliy qo'mitasi hamda Yaponiya hukumati talablariga muvofiq karantin ehtiyot chorasi qo'llanildi.

Shu sababli N.Qurbonova bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadigan ochilish marosimida bayroqdor sifatida ishtirok eta olmasligini ma'lum qilamiz.

Shu o'rinda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi tomonidan parakanoe bo'yicha Jahon chempioni Shahnoza Mirzaeva Muxammad Rixsimov bilan birgalikda bayroqdor sifatida ishtirok etishi taklifi ma'qullandi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR