"Barselona" Yamal borasida muhim qarorga keldi
16 SENTYABR, 2024, 14:48
Qanot hujumchisi Lamin Yamal tez rivojlanmoqda va "Barselona" uchun tobora muhim o'yinchiga aylanmoqda. Kataloniya klubi muhim qarorga keldi. "Ko'k-anorranglilar" iqtidorli vingerni yangi shartnoma bilan taqdirlamoqchi.
Yamal oxirgi marta o'tgan yilning oktyabr oyida shartnomasini uzaytirgan edi. "Barselona" o'shandan beri futbolchining holati sezilarli darajada o'zgarganidan xabardor. Klub g'oyasi shundan iboratki, kelasi yozda, voyaga etganidan so'ng, Yamal yangi mehnat shartnomasini tuzadi. Uning muddati 2030 yilning yozigacha bo'ladi.
Yangi shartnoma bo'yicha, albatta, Yamalning ish haqi sezilarli darajada oshadi.