Menyan "Milan" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi
16 SENTYABR, 2024, 14:42
Italiyaning “Milan” klubi darvozaboni Mayk Menyan jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Jurnalist Nikolo Shkiraning xabar berishicha, frantsuz yaqin orada 2028 yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolashi kerak.
Qayd etilishicha, tomonlar samarali muzokaralar olib borgan va hamkorlik shartlarini kelishib olgan. Yangi shartnomaga ko'ra, Menyan yiliga 6 million evro ishlab oladi.
Menyan 2021 yilning yozidan Frantsiyaning “Lillm” klubidan ko'chib o'tganidan beri “Milan”da to'p tepmoqda.