logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Deku Rokening "Betis"ga ijarasi haqida gapirdi

 16 SENTYABR, 2024, 14:36

Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori lavozimini egallab turgan futbol funktsioneri Deku braziliyalik hujumchi Vitor Rokening "Betis"ga ijaraga berilishi haqida gapirdi.

“Menimcha, “Betis”ga ijara Vitor uchun yaxshi variant. "Barselona"dagi faoliyatini boshlash unga oson bo'lmagan. Sevilyada u kerakli o'yin amaliyotiga ega bo'ladi", - deydi "ko'k-anorranglilar" vakili.

Roke kelasi yilning iyun oyi oxirigacha Sevilya jamoasida ijara asosida o'ynaydi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 19 yoshli forvard ikkita o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ