Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekistoning o'yiniga borib, sizlarga muxlislik qilmoqchiman"
16 SENTYABR, 2024, 12:16
Futzal bo'yicha Jahon chempionati 1-turidan o'rin olgan Ispaniya - Qozog'iston (1:1) uchrashuvidan so'ng Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Rikardo Kaka saytimizga kichik intervyu berdi."Kurashlarga boy uchrashuv guvohiga aylandik. Ikki terma jamoa o'rtasida har doim shunday qiziqarli bahslar bo'lib turadi. Biz bugun Ispaniyani mag'lub etini istagandik, ammo buni uddalay olmadik. O'yin davomida ko'p yo'qotishlar bo'ldi, o'yindan oldin ham yo'qotishlar bo'lgandi. Biz bor-yo'g'i 7-8ta futzalchi bilan o'ynamoqdamiz" - deya fikr bildirdi Rikardo Kaka
- Qozog'iston o'yinning qaysi jabhasida raqibdan ustunroq bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Fikrimcha, himoyada. Biz bugun ko'proq himoyalandik. Ispaniya esa hujum qildi. Biz "ikkinchi" raqamli jamoa bo'ldik. Hujum o'yinlarni yutadi, himoya esa sovrinlarni degan gap bor.
- Qozog'iston ushbu Jahon chempionatida o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan? Qaysi bosqichdagi ishtirok Qozog'iston uchun yaxshi natija deb hisoblanadi?
- O'tgan mundialdan ham yaxshiroq natija kutishmoqda. Biz buni his qilyapmiz va bu bizga bosim bo'lmoqda, lekin shu bosim, aslida bizning ustunligimiz hisoblanadi. O'tgan Jahon chempionatida yarim finalda ishtirok etgandik. Muxlislar bu safar ham yarim final natijasini kutishmoqda. Men jamoamga ko'p marotaba takrorlayapman, bizda aniq bir maqsad yo'q. Maqsadimiz har bir uchrashuvda g'alaba qozonish.
- Uchrashuv davomida "Andijon" sport kompleksiga tashrif buyurgan barcha muxlislar Qozog'istonga muxlislik qilishdi. Muxlislar yaratgan atmosfera haqida fikr bildirib o'tsangiz?
- O'zbekistonlik barcha muxlislarga rahmat aytaman. Bugun o'zimni xuddi uydagidek his qildim. Andijonga etib kelgan kunimizdan beri uyda yurgandekmiz. Uchrashuvdan oldin muxlislar "koridor" qilib o'yinga kuzatib qo'yishdi. Hamma bizni qo'llab-quvvatlamoqda. Hamma erda O'zbekiston va Qozog'iston bayroqlari, bu shunchaki ajoyib. Barcha bizga g'alaba tilamoqda. Bunday vaqtda o'zimni tiyib tura olmadim va ko'zimga yosh keldi, to'g'risi. Imkon qadar tezroq O'zbekiston terma jamoasining o'yiniga tashrif buyurib, ularga muxlislik qilishni kutyapman. Muxlislar tribunasiga kelib, O'zbekistonga muxlislik qilmoqchiman. O'zbeklarning bunday hurmatiga qanday javob qaytarishni bilmayapman. Aytgancha, O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari musobaqani durang bilan boshlashdi.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
Manba: olamsport.com