logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Merab Dvalishvili ilk himoya jangini Nurmagomedovga qarshi o'tkazmasligini aytdi

 16 SENTYABR, 2024, 11:32

Eng engil vazn toifasida UFC'ning yangi chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili matbuot anjumanida rossiyalik Umar Nurmagomedov haqida gapirdi.

Uning fikricha, Umar titul jangidan oldin yana bitta jang o'tkazishi kerak.

"Men Umarning titul uchun bellashishidan oldin kim bilandir jang qilishini ko'rishni xohlardim. U Petr Yan bilan jang qilsin", dedi Dvalishvili.

Merabning o'zi ilk himoya jangini braziliyalik o'ta engil vaznda sobiq UFC chempioni Deyvison Figeredoga qarshi o'tkazish niyatida ekanini aytdi. Gruzin kecha bo'lib o'tgan UFC 306 turnirining markaziy jangida amerikalik SHon O'Mellini ochkolar hisobiga engib, eng engil vaznda UFC chempioniga aylangan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ