logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:38
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
4 nafar sambochimiz FIAS Prezidenti kubogida oltin medal uchun kurash olib borishdi

 24 AVGUST, 10:05 27

.

Xabar berib o'tganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sambo bo'yicha FIAS (Xalqaro sambo federatsiyasi) prezidenti sovrini uchun musobaqa tashkil etildi.

Unda jahonning 21 mamlakatidan 80 nafarga yaqin sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi. Mukofot jamg'armasi 189 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi bahslarda o'zbekistonlik sambochilar ham ishtirok etishdi va 4 ta kumush medal qo'lga kiritishdi.

Terma jamoamiz vakillari ichida Homidjon Mo'minov (-64 kg), Sarbon Ernazarov (-71 kg), Ulug'bek Rahmonov (-79 kg) va Ixtiyor Eshmurodov (-88 kg) finalgacha etib borib, yakunda kumush medalga sazovor bo'lishdi.

Musobaqa reglamentiga binoan sportchilarimiz kumush medal bilan birga 7 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqishdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR