logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Labirint: yaqin kunlar ichida «bomba» transfer amalga oshishi mumkin. U boshqa bir katta xaridga sabab bo'ladi

 24 AVGUST, 10:00 171

.

Transferlar oynasining so'nggi haftasida hali bir nechta «bomba» xaridlar sodir bo'lishi mumkin. Avvalo, barchaning diqqat markazi Krishtianu Ronaldu va Kilian Mbappeni kelajagiga qaratilgan.

Krishtianu Ronaldu shartnomasida yana bir yil bo'lishiga qaramay, «Yuventus»ni tark etishga qat'iy qaror qildi. U A Seriya 1-turida «Udineze»ga qarshi o'yinda o'zini maydonga tushirmasliklarini so'radi. U yangi murabbiy qo'l ostida o'z kelajagini ko'rmayapti.

«PSJ» Lionel Messi bilan shartnoma imzolangandan so'ng, 36 yoshli portugaliyalik transferiga ham jiddiy e'tibor qaratgan. Faqat bu kelasi yozda amalga oshishi mumkin.

«Real Madrid» ham Krishtianuning Parijga ko'chishidan manfaatdor, chunki «qirollik klubi» hamon Kilian Mbappeni o'ziga jalb qilishda davom etadi. Bu transfer faqat Ronaldu Parijga o'tsagina amalga oshishi mumkin.

Qayd etilishicha, «qaymoqranglilar» 30 avgustda frantsuzga oxirgi umid sifatida 130-170 million evro taklif qilishadi. Nosir Al-Xelayfi Neymar, Ronaldu va Messi bilan xayoliy trio uyushtirmoqchi, u 22 yoshli Mbappe bilan xayrlashishga tayyor, deb xabar beradi AS.

Shunga ko'ra, Ronalduning «Yuventus»dan ketish istagi «Real Madrid» va «PSJ»ga ular xohlagan muhitni keltirib chiqarishi mumkin. «Real» o'zi uchun kerakli Mbappeni oladi, parijliklar esa butun dunyo havas qiladigan hujumchilar uchligini tashkil etadi.

ASning ta'kidlashicha, «keksa sinyora» o'n millionlab ish haqini tejash uchun Krishtianuni qo'yib yuborishga, shuningdek Massimiliano Alelgri qaytgan jamoani qaytadan tiklashga tayyor.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR