Sobiq hakam: "Bu penalti emas"
16 SENTYABR, 2024, 11:12
Eduardo Iturralde Gonsales "Barselona"ga nisbatan penalti bekor qilinishini qo'llab-quvvatladi.
"Jirona" La Liganing 5-turida o'yinning 44-daqiqasida Inigo Martinesning qo'liga to'p tegishi natijasida nuqtadan zarba berish huquqini qo'lga kiritdi. Videotakrorni tomosha qilgan bosh hakam Alexandro Munis to'p uning ortida turgan sherigidan “blaugrana” himoyachisiga tegib ketgani uchun qarorini o'zgartirdi.
"To'p uning jamoadoshiga tegdi va qoidalar bu penalti emasligini aytadi.
Unda shunday deyilgan: "Agar jamoadoshidan kelgan to'pdan o'zini uzoqlashtirish uchun ulgurmay qo'li to'pga tekkan futbolchiga nisbatan penalti berilmaydi. Demak, hakam qoidaga muvofiq to'g'ri ish qildi", — dedi sobiq hakam.