«Al-Ittihod» vakillari anchagina sermahsullik ko'rsatishdi
16 SENTYABR, 2024, 11:00
15 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni chempionati oliy ligasining 3-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda «Al-Ittihod» jamoasi «Al-Vahda»ni yirik hisobda (7:1) mag'lub etdi.
Ushbu uchrashuvda mezbonlar safida frantsiyalik hujumchi Karim Benzema xet-trik qayd etdi.
Bu o'yinda «Al-Ittihod» vingeri Mussa Diabi 4 ta golga assistentlik qilgan bo'lsa, yana bir qanot hujumchisi Stiven Bergveyn Benzema uchun 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ligada golli uzatmalar soni bo'yicha Diabi peshqadamga aylanib oldi.
Ushbu o'yindan so'ng Benzema 3 uchrashuvda 4 ta gol urib, chempionat to'purarlari ro'yxatida 2-o'ringa chiqib oldi.
Saudiya Arabistoni chempionatida eng sermahsul o'yinchi «Al-Hilol»ning serbiyalik hujumchisi Aleksandr Mitrovich bo'lib, u turnirning dastlabki 3 o'yinida 6 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.