logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:37
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rummennigge Ronalduning taqdiri haqida gapirdi

 24 AVGUST, 09:10

Krishtianu Ronalduning kelajagi hali ham so'roq ostida turibdi.

Portugaliyalik o'z Instagramida «Yuventus»dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etgan bo'lsa da, yaqinda hujumchining yangi klub qidirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

«Bavariya» sobiq bosh direktori Karl-Xaynts Rummennige ham ushbu mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi.

Uning fikricha, hozircha hech kim Krishtianuning maoshini ko'tarishga tayyor emas. «U 70 million evro oladi, shundan atigi 35 millioni ochiqlangan xolos. Keksa futbolchi uchun bunday xarajatlarni kim to'lay oladi?

Shuningdek, sobiq futbol mutaxassisining qo'shimcha qilishicha, endi klublarning xarajatlari borgan sari o'sib bormoqda, chunki ular moliyaviy feyr-pley qoidalaridagi bo'shliqlarni osonlikcha yopib ketmoqdalar.

Nemisning fikricha, UEFA bunga alohida e'tibor qaratish kerak.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR