logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:52
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Antonio «Vest Xem»ning mutlaq to'purariga aylandi

 24 AVGUST, 09:00 29

.

Xabaringiz bor, kecha «Vest Xem» «Lester»ni 4:2 hisobida mag'lub etdi va ikki turdan so'ng APL turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi.

Hujumchi Maykl Antonio o'yinda dubl qayd etdi va uning bu natijasi tarixiy voqeaga aylandi.

Antonio «Vest Xem» safida APLdagi 49-golini urdi va afsonaviy Paulo Di Kanioning 47 golli rekordini yangiladi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, ushbu ro'yxatning uchinchi qatorini «bolg'achilar»ning ayni paytdagi yana bir faol o'yinchisi Mark Nobl egallab turibdi, uning hisobida 46 ta gol bor.

Bu natijaga erishish uchun Antonio London jamoasi libosida 161 ta uchrashuv o'tkazdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR