«Bavariya» sport direktori EChL qur'asi haqida fikr bildirdi
16 SENTYABR, 2024, 10:30
Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl UEFA Chempionlar ligasining yangi formati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Qur'a paytida biroz asabiylashdim. Sakkizta turli klubga qarshi o'ynashga to'g'ri kelsa, bu butunlay boshqacha tuyg'u paydo bo'ladi. Oxirgi turgacha intriga bo'ladi. Avvallari to'rtta o'yin natijasiga ko'ra kuchli ikki jamoa aniqlanardi. «Bavariya» birinchi o'yinda g'alaba qozonish niyatida. Bu biz uchun juda muhim», - deya Eberlning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.