"PSJ" o'z futbolchisini qo'llab-quvvatladi
16 SENTYABR, 2024, 10:24
"PSJ" Nunu Mendeshni qo'llab-quvvatladi.
Parijliklar himoyachisi Liga 1da "Brest" bilan o'yindan so'ng irqchilikka asoslangan haqoratlarga uchradi.
Futbolchiga qarata "fohishaning qora o'g'li" degan haqoratlar yangradi.
"Nunu Mendeshga nisbatan irqchilik mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Biz Nunu va jabrlanganlarning barchasi bilan qat'iy bog'langanmiz va tegishli tashkilotlar bilan ishlaymiz.
"Pari Sen-Jermen"da biz maydonda ham, maydon tashqarisida ham yagona muhit yaratishga intilamiz.
Futbolda irqchilikka o'rin yo'q va biz klubimizning yo'nalishini belgilab beruvchi bag'rikenglik va hurmat qadriyatlarini himoya qilishda davom etamiz", — deyiladi "PSJ" bayonotida.