logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Formula-1. Oskar Piastri Ozarbayjon Gran-Prisi g'olibiga aylandi

 16 SENTYABR, 2024, 10:00

Boku shahrida Formula-1`ning joriy yilgi mavsumi bo'yicha 17-poygasi - Ozarbayjon Gran-prisi bo'lib o'tdi.

Poygada biroz kutilmaganda "Maklaren" piloti Oskar Piastri g'alaba qozondi. "Ferrari" vakili SHarl Lekler finishga 10,9 soniya kech qolgan holda ikkinchi bo'lib etib keldi. "Mersedes" haydovchisi Jorj Rassel esa kuchli uchlikka yakun yasadi.

Bu 23 yoshli Piastri uchun Formula-1`dagi ikkinchi g'alabaga aylandi. U avvalroq Vengriyadagi bosqichda ham zafar quchgan edi. Formula-1`ning keyingi bosqichi 20-22 sentyabr kunlari Singapurda bo'lib o'tadi.

Ozarbayjon Gran-prisi. Boku. 15 sentyabr

Poyga

1. Oskar Piastri («Maklaren») – 51 aylana

2. SHarl Lekler («Ferrari») +10,910

3. Jorj Rassell («Mersedes») +31,328

4. Lando Norris («Maklaren») +36,143

5. Maks Ferstappen («Red Bull») +1.17,098

6. Fernando Alonso («Aston Martin») +1.25,468

7. Aleks Albon («Uilyams») +1.27,396

8. Franko Kolapinto («Uilyams») +1.29,541

9. Lyuis Xemilton («Mersedes») +1.32,401

10. Oliver Bermen («Xaas») +1.33,127

11. Niko Xyulkenberg («Xaas») +1.33,465

12. Per Gasli («Alpin») +1.57,189

13. Daniel Rikkardo («RB») +2.26,907

14. CHjou Guanyuy («Zauber») +2.28,841

15. Esteban Okon («Alpin») +1 krug

16. Valtteri Bottas («Zauber») +1 krug

Poygani yakunlay olmaganlar:

17. Karlos Sayns («Ferrari»)

18. Serxio Peres («Red Bull»)

Lans Stroll («Aston Martin»)

Yuki Cunoda («RB»).


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ