logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Legionerlar. «Roma» safida A Seriyada debyut qilgan Shomurodov, Belarusda «o'zbek derbisi» va «Ufa»ga qaytgan O'runov

 24 AVGUST, 06:40 57

.

Chet el klublarida faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik futbolchilarning ayrimlari ortda qolgan haftada o'z jamoasi safida navbatdagi o'yinlarini o'tkazdi.

Italiya. Eldor Shomurodov «Roma» safida A Seriyadagi debyutini o'tkazdi. «Fiorentina»ga qarshi kechgan 1-tur bahsida Eldor 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. O'zbekistonlik hujumchi jamoasining uchinchi goliga assistentlik qildi. «Roma» bu bahsda 3:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

Belarus. Oliy Liganing 20-turida o'zbekistonlik futbolchilar to'qnashuvi bo'lib o'tdi. Shahboz Umarovning «BATE»si «Energetik-BGU» mehmoni bo'ldi. Umarov to'liq harakat qilgan bo'lsa, Doniyor Abdumannopov 46-daqiqa, Shahzod Ubaydullaev 66-daqiqagacha harakat qildi, Bobur Abduxoliqov esa 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Minskliklarning goliga Ubaydullaev muallif bo'ldi.

Rossiya. «Ufa»ga qaytgan Oston O'runov «Zenit»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi. Ufaliklar bu o'yinda (1:1) amaldagi chempiondan ochko tortib oldi.

Saudiya Arabistoni. «An-Nassr» safarda «Al-Faysali»ga qarshi bahs olib bordi. Tezkor gol orqali oldinga o'tib olgan Ar-Riyod klubi keyinchalik ikkita gol o'tkazib yubordi va g'alabani qo'ldan chiqardi. Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 84-daqiqada zaxiraga olindi.

Janubiy Koreya. «Sonnam» o'z uyida «Chonbuk Motors» bilan nursiz durang o'ynadi. Jamshid Iskandarov 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Rustam Ashurmatov jamoasi ishtirokidagi o'yin esa qoldirildi.

Key-Liga 2 da harakat qilayotgan «Tejon Sitizen» 26-turda «Kyonnam»ni qabul qildi va 84-daqiqadagi gol evaziga g'alaba qozondi. Ikrom Aliboev uchrashuvda to'liq harakat qildi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR