logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:41
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Transfer narxi butun terma jamoasidan qimmat qimmat futbolchilar

 23 AVGUST, 20:55 276

.

Ko'pincha muxlislar va jurnalistlar futbolchilarining qadr-qimmatlarini futbolga nisbatan bildirganda, "jamoa etakchisi" yoki "asosiy o'yinchi" iboralarini ishlatishadi. Har bir jamoada qandaydir etakchilar bor. Ayni damlarda ham futbol olamida shunday futbolchilar borki, u ham terma jamoasi, ham klubi etakchisi hisoblanadi. Garchi, o'ynayotgan klubi futbol olamida o'z mavqeiga ega jamoa hisoblansa-da, ammo terma jamoasi jahon maydonlarida gegemonligi bilan ajralib turmaydi.

Bugun biz shu narsaga to'xtalishga qaror qildik va Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, transfer narxlari bo'yicha, o'zining butun terma jamoasi futbolchilaridan qimmat bo'lgan 5 nafar yulduz haqida suhbatlashmoqchimiz.


Son Xin Min - Janubiy Koreya


O'yinchi qiymati: 85 million evro
Terma jamoasi narxi: 20 million evro

Aytish kerakki, Son Xin Min Koreya futboli tarixidagi eng kuchli, hatto etakchilik qobiliyati bilan ajralib turadigan futbolchi hisoblanadi. Ehtimol siz unday hisoblamassiz.  Lekin, dunyodagi muxlislarning katta qismi Son Xin Mindan boshqa Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisining nomini deyarli eslashmaydi.

Ayni paytda 28 yoshli futbolchi o'z mamlakati terma jamoasi uchun mutlaqo ramziy belgi va butun Osiyo mintaqasi faxrlanishga arziydigan futbolchidir. Sonaning hozirgi transfer qiymati 85 million evroga baholanmoqda, ammo "Tottenxem" rahbarlari etakchilaridan birini qo'yib yuborishga rozi bo'lishlari uchun, hatto bundayda ko'p pul so'rashlari mumkin. Chunki, londonliklar rahbariyati ham futbolchining qobiliyatini bilishgan holda, arzon sotishni istamasligi aniq. Koreysning "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil o'rtalariga qadar amal qiladi. Shu sababli, "Tottenxem" rahbariyati Son Xin Min bilan oradagi bitimni uzaytirish harakatida yuribdi.

Janubiy Koreya terma jamoasida Son 89 ta uchrashuv o'tkazgan va 26 ta gol urgan. U debyutini 2010 yil oxirida o'tkazgan. 11 yildan beri vatanining bosh jamoasi bilan yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Masalan, 2015 yilgi Osiyo kubogi kumush medaliga sazovor bo'lgan bo'lsa, 2018 yilda koreyslar Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasida oltin medalni qo'lga kiritishdi. Terma jamoaning qolgan qismiga kelsak, bugungi kunga kelib uning umumiy qiymati, Sonani hisobga olmaganda, 20 million evrodan oshmaydi. Bu holat "Tottenxem" futbolchisining terma jamoadagi mavqeini ta'kidlash uchun yana bir imkoniyat.

Per-Emerik Obameyang - Gabon


O'yinchining qiymati: 50 million evro
Terma jamoasi narxi: 37,7 million evro

Hozirgi kunda Londonning "Arsenal" jamoasining hujum etakchilaridan biri bo'lgan Per-Emerik Obameyang Frantsiyada tug'ilib o'sgan va u erda futbol o'ynashni boshlagan. Shuningdek, ushbu mamlakat yoshlar terma jamoasi o'yinlarida ham qatnashgan. Ammo, bu holatga 2009 yil mart oyida Gabon futbol federatsiyasining rasmiylari to'sqinlik qilishdi, ular Obameyangni etnik vatani milliy jamoasida o'ynashga ko'ndirishga muvaffaq bo'lishdi, chunki Per-Emerikning otasi ushbu Afrika qit'asi mamlakatida tug'ilgan edi.

Obameyang o'zini Frantsiyaning "Sent-Eten" klubida tanitishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu jamoa tarkibida ko'rsatgan o'yinlaridan so'ng, uni "Borussiya D" skautlari payqab qolishdi va tezda futbolchini Germaniyaga olib ketish harakatiga tushib qolishdi. Shu tariqa, futbolchi dortmundliklar safida o'zining ajoyib tezligi va yaxshi texnikasi bilan tanildi. Gabonlik hujumchi har qanday himoya chizig'i vakillari uchun ham, juda qiyin raqibga aylandi. Shu sababli, Obameyangning hozirgi transfer narxi ancha yuqori deb baholanishi ajablanarli emas. Futbolchi allaqachon 31 yoshda bo'lishiga qaramay, uning transfer narxi 50 million evroni tashkil qiladi va afrikalikning "Arsenal" bilan shartnomasi 2023 yilning iyuliga qadar amal qiladi.


Gabon terma jamoasi safida Obameyang 51 uchrashuv o'tkazgan va 20 gol urgan. U hali terma jamoa bilan biron bir katta sovrin yutishga muvaffaq bo'lmagan, ammo 2015 yilda Per-Emerik Afrikaning yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinib, individual mukofotga sazovor bo'ldi. E'tibor bering, bugungi kunga qadar Gabon terma jamoasining qolgan qismi narxi 37,7 million evroga baholanmoqda va Obameyangdan tashqari eng qimmat o'yinchilar 25 yoshli "Sent-Eten" futbolchisi Denis Bouanga (12 million evro) va "Fulxem"dan 27 yoshli Mario Lemina (10 million evro) hisoblanadi. Mazkur futbolchilarning nomlari ob'ektiv ravishda qaraydigan bo'lsak, muxlislarga unchalik tanish emas.


Alfonso Devis - Kanada


O'yinchining qiymati: 80 million evro
Terma jamoasi narxi: 41,25 million evro

Uch yil oldin o'spirin Alfonso Devis Kanadaning "Vankuver" jamoasida o'ynagan. Mos ravishda shuni aytishimiz mumkinki, ushbu klub haqida dunyo futbolida kam odam bilar edi. Ammo, 2018 yilda Germaniya klubi agentlari Kanadaning chekkarog'idagi yosh va iqtidorli vunderkind haqida eshitib qolishdi. Oradan biroz vaqt o'tib, Alfonso "Bavariya" akademiyasida paydo bo'ldi. Ayni damda 20 yoshli kanadalik Bundesliga va "nemis mashinasi"ning eng yorqin yosh yulduzlaridan biri bo'lib, uning transfer narxi hozirda 80 million evroga baholanmoqda.


2019 yilning yanvar oyida Devis Germaniya chempionatida debyut uchrashuvini amalga oshirdi. Ammo, Kanada terma jamoasi safidagi ilk uchrashuvini ancha oldinroq, yani 2017 yilning yozida o'tkazgan. O'sha paytda "Bavariya" himoyachisi atigi 16 yosh edi. Hozirgacha Alfonso "qizillar" tarkibida 17 ta jang va 5 ta gol urgan. To'g'ri, Devis hali  hech qanday yirik g'alabalarni qo'lga kiritmadi, ammo Kanada milliy jamoasida to'planib kelayotgan yaxshi yosh avlodni hisobga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki, ushbu terma jamoa uchun asosiy sovrinlar hali oldinda. Devisdan tashqari, hozirgi Kanada jamoasining asosiy umidlari o'tgan yozda Belgiyaning "Gent" klubidan 27 million evro evaziga, Frantsiyaning "Lill" futbolchisiga aylangan Jonatan Deviddir. Ushbu futbolchini ham, mutaxasislar Kanadaning kelajagi sifatida qarashmoqda. Hozircha uning taxminiy qiymati 30 million evroga baholanmoqda. Bu degani Devisnikidan ikki marta kam.

Yan Oblak - Sloveniya


Futbolchining qiymati: 90 million evro
Terma jamoasi narxi: 39,45 million evro

Yan Oblak nafaqat terma jamoasida etakchi, balki dunyodagi darvozabonlar orasida ham eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Oblak o'z vatani Sloveniyaning "Olimpiya" klubi safida futbolga ilk qadamlarini qo'ydi. Ushbu jamoa safida ko'rsatgan o'yinlaridan keyin, 2010 yilda "Benfika" skautlari nazariga tushib qoldi. Portugaliya jamoasi darvozabon uchun sloveniyaliklarga atigi 2 million evro to'lashga majbur bo'ldi.
Oradan to'rt mavsum o'tib, "Benfika" Yanni "Atletiko"ga 16 million evaziga sotdi, ammo hozirda posbonning transfer narxi 90 million evroni tashkil qilmoqda! Darvozabonning yoshi hozirda 27 da ekanligini hisobga olsak, bu uning karerasining eng yuqori cho'qqisi emas. Hali sloveniyalik o'yin tomondan ham, transfer narxi tomonidan ham o'sishini taxmin qilish mumkin.


Oblak Sloveniya terma jamoasida 2012 yil sentyabr oyidan buyon o'ynab kelmoqda. Dastlab Yan ushbu mamlakatda tug'ilgan yana bir eng yaxshi darvozabon Samir Xandanovichga qarshi bahsda g'alaba qozonishga qiynaldi, ammo 2015 yilda "Inter" darvozaboni termadagi faoliyatini yakunlagach, Oblak sloveniyaliklarning asosiy va muhim futbolchisiga aylandi.
Afsuski, Evropa qit'asidagi jiddiy raqobat tufayli Oblak ob'ektiv ravishda Sloveniya bilan yuqori darajadagi sovrinlarga umid qilmaydi, ammo darvozabon ushbu paytga qadar to'rt marta o'z mamlakatining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Aytgancha,  hozirgi Sloveniya terma jamoasining Yandan keyingi ikkinchi eng qimmat o'yinchisi Kievning "Dinamo" klubi vakili Benjamin Verbich ekanligini ta'kidlab o'tish kerak. Uning narxi mutaxassislar tomonidan 7 million evroga baholangan. Shuningdek, butun Sloveniya jamoasi futbolchilarining narxini qo'shib hisoblasak, Oblakning yarimicha chiqmaydi. 40 million evro.


Muhammad Salah - Misr


O'yinchining qiymati: 120 million evro
Terma jamoasining narxi: 36,75 million evro

Muhammad Salah futbolchilik karerasini vatani klubi safidan boshlagan. O'sha erdan Shvetsariyaning "Bazel" klubiga ko'chib o'tgan. Shvetsariya jamoasi Salahning Evropadagi birinchi klubi hisoblanadi. "Bazel"dagi muvaffaqiyatli o'yinlar Muhammadni to'g'ridan-to'g'ri "Chelsi"ga olib keldi, ammo misrlik futbolchi tezda Premer-ligaga ko'nikib ketishi qiyin bo'ldi va "aristokratlar" safida yorqin o'yin namoyish eta olmadi. Shu sababdan, avval "Fiorentina", keyinchalik esa "Roma"ga ijaraga berildi. Rim klubi safida Salah haqiqatdan ham iqtidorli ekanligini isbotlashga erishdi va Angliyaga qaytib kelishga erishdi. Faqat, yana Londonga emas, balki "Liverpul" safiga kelib qo'shildi. Buning uchun "qizillar" rahbariyati 42 millon evro sarflashdi, xolos. "Mersisaydlar" sarflagan pulini bir yilga bormay qoplatib oldi. Misirlik ketma-ket uchrashuvlarda gol urib, Klopp jamoasini yuqori o'rinlarda yurishini ta'minladi. Endi esa Salohning transfer narxi qariyb uch baravar ko'p - 120 million evroga baholanmoqda. Yana shuni ham ta'kidlashimiz kerakki, hatto bunday pul evaziga "Liveroul" futbolchini sotmasligi ham mumkin. "Qizillar" bilan Muhammad Angliya chempioni, Chempionlar Ligasi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati va UEFA superkubogida g'olib bo'lishga erishdi. Ehtimol, ushbu kartinaning to'liqligi uchun, "Oltin to'p" mukofoti etishmayotgandir. Salahning yoshi hozirda 28 da ekanligini hisobga olsak, hali bu cho'qqini zabt etishiga ham ishonamiz.


Salah terma jamoasi bilan yuqori cho'qqilarga chiqishi nihoyatda qiyin. Chunki, Misrni dunyoning eng yaxshi futbol jamoalari orasiga qo'sha olmaymiz. Ammo, Afrikada bu jamoa grandlardan biri hisoblanadi. Hozir aynan Misr ettita unvon bilan Afrika millatlar kubogida eng ko'p yutgan terma jamoa hisoblanadi. To'g'ri, misrliklarning ushbu turnirdagi so'nggi g'alabasi 2010 yilda qo'lga kiritgan va o'sha paytda Salah jamoada yo'q edi. Faqatgina, oradan bir yil o'tib, "qizillar" futbolchisi "fir'avnlar" safida debyut uchrashuvini o'tkazdi. Qolaversa, Salah 2017 yilda Misr bilan Afrika Millatlar Kubogida kumush medalni qo'lga kiritdi. Hozircha, futbolchining terma jamoasi bilan ko'rsatgan eng yaxshi natijasi shu hisoblanadi.
Misrnining qolgan futbolchilari haqida gapiradigan bo'lsak, ularning barchasi birgalikda 40 million evroni tashkil qiladi. Bu esa bitta Salah uchun belgilangan nominal narxdan uch barobar kam...

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR