logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Keyingi 5 yil ichida kimlar «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishi mumkin?

 23 AVGUST, 20:20 269

.

Joriy 2021 yilning ekvatoridan ham o'tib bo'ldik. Ikkita yirik futbol turniri  Evro-2020 va Amerika Kubogining bir-biridan qiziq bahslarini tomosha qilib ulgurdik. Ikkala musobaqa ham aslida o'tgan yili o'tkazilishi kerak edi, lekin hammaga ma'lum sabablarga ko'ra bu yil o'tkazildi. Ushbu turnirlar "Oltin to'p" egasini aniqlab berishda asosiy rolni o'ynashi kutilgandi va shunday bo'ldi ham.

Biz allaqachon "Oltin to'p-2021"ni olishi mumkin bo'lgan futbolchilarga alohida to'xtalib o'tgan edik. Va katta ehtimol bilan uni kimga berilishini ko'pchilik muxlis va mutaxassislar taxmin qilib bo'lishdi. Keling, keyingi 5 yillikda kimlar "Oltin to'p"ga ega chiqishi mumkinligini taxmin qilib ko'ramiz.
 
"Oltin to'p-2021" — Lionel Messi

Biz buni qayta-qayta takrorlashdan to'xtamaymiz. Fikrimizcha, bu yilga sovringa eng munosib nomzod argentinalik Lionel Messi. O'tgan mavsum Ispaniyada u "Barselona" bilan faqat mamlakat kubogini qo'lga kiritdi, lekin milliy chempionatda eng yaxshi to'purar bo'ldi.




Leoning asosiy yutug'i Argentina terma jamoasining Amerika kubogidagi g'alabasi bo'ldi. U an'anaviy tarzda maydonda jamoasining etakchisi va asosiy motivatori bo'lib harakat qildi. Natijada "ko'k-oqlar" qit'aning eng yaxshi terma jamoasiga aylandi va 34 yoshli Messi o'z karerasida birinchi marta milliy terma jamoa libosida kubokni qo'lga kiritdi.

"Oltin to'p-2022" — Kilian Mbappe

Kelayotgan kalendar yilida Jahon chempionati bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Lekin ashaddiy futbol muxlislari biladiki, bu turnir yozda emas, balki yil oxirida o'tishi rejalashtirilgan. Bu Qatardagi havo harorati bilan bog'liq vaziyat tufayli qilingan ish. So'nggi Jahon chempionati o'tkazilgan yili "Oltin to'p" ham unda faol harakat qilgan futbolchiga berildi. Ya'ni Luka Modrich 2018 yil ushbu sovringa loyiq ko'rildi.




Evro-2020da Jahon chempionligini qo'lga kiritgan Frantsiya terma jamoasi erta muvaffaqiyatsizlikka uchradi.  Qatarda frantsuzlar buni tasodif ekanligini isbotlashga urinishadi. Taxmin qilish mumkinki, jamoa etakchisi aynan Kilian Mbappe bo'ladi. Demak, oxir-oqibat "Oltin to'p" unga taqdim etilishi mumkin.

"Oltin to'p-2023" — Jek Grelish

Bu yozda "Manchester Siti" 25 yoshli "Aston Villa" yarim himoyachisini rekord summa evaziga sotib oldi. "Shaharliklar" uning uchun APL tarixidagi eng yirik summa 100 million funt to'ladi. Grilish "Siti" bilan 6 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Demak, ikki tomon ham istiqbolni ko'ra olishgan.




Jek o'ziga sarflangan pullarni oqlashi kerak. "Siti"da uning uchun, Angliyada va Evropada titullar yutish uchun ideal muhit bo'ladi, deb bemalol ayta olamiz. "Manchester Siti" ichki turnirlaridagi g'alabalariga o'rganib qolgan va Chempionlar ligasida g'alaba qozonishga majbur. 2023 yil jamoa Evropa miqyosida natija ko'rsata olsa, aynan Jek Grilish "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogar bo'ladi. Chunki 2023 yil terma jamoalar miqyosida katta turnirlar o'tkazilishi rejalashtirilmagan va bu o'z navbatida klublar o'rtasidagi eng nufuzli turnirga e'tibor qaratishga imkon beradi.

"Oltin to'p-2024" — Janluiji Donnarumma

Italiya terma jamoasining 22 yoshli darvozaboni Evro-2020da porladi, lekin bu unga "France Football" mukofoti uchun kurashda muvaffaqiyat qozonishi uchun etarli emas. Qolaversa, u o'tgan bir yil mobaynida klub darajasida muvaffaqiyat qozonmadi. “Milan“ faqatgina Italiya vitse-chempioniga aylandi.




Nega aynan 2024 yilda “Oltin to'p“ni Donnarumma qo'lga kiritishi mumkin? Chunki o'sha vaqtga kelib, Donnarumma har tomonlama etuk futbolchiga aylanib ulguradi. Bundan tashqari, jamoaviy yutuqlar unga bu yo'lda yordam berishi ham mumkin. Terma jamoa safida ham yana bir marta porlash imkoni paydo bo'ladi. Evro-2024'da muvaffaqiyatga erishishi ham mumkin.

“Oltin to'p-2025" — Jamol Musiala

Germaniyada tug'ilgan, lekin Buyuk Britaniyada o'sgan 18 yoshli Jamol Muciala bu yil qaysi terma sharafini himoya qilishda tanlov qildi. U Germaniyani tanladi, 2019 yilning yozidan "Bavariya"da o'ynaydi. Avvaliga Myunxen akademiyasi, keyin "Bavariya II" jamoasi va bosh klub tarkibiga kelib qo'shildi.




Jamol Musiala "Bavariya"ning Chempionlar ligasida gol urgan eng yosh futbolchisiga aylandi. 2021 yil mart oyida yarim himoyachi Bundestim uchun debyutini o'tkazdi, garchi u faqat 2020 yil noyabr oyida Angliya U-21 terma jamoasi uchun o'zining birinchi o'yinini o'tkazgan bo'lsa ham.

Umuman olganda, Musiala rivojlanishda davom etishi kerak. Shunday qilib, aynan 2025 yilda u hech bo'lmaganda Evropa futbol modasining asosiy tendentsiyalarini belgilovchi futbolchi bo'lishi kerak.

Xulosa

Kelajakda nima bo'lishini hech kim bizga aytib berolmaydi. Yuqoridagi mulohazalar esa shunchaki futbolchilar va ularning jamoalari potentsialidan kelib chiqilgan holda keltirilgan. Balki ularning hech biri "Oltin to'p"ga munosib topilmas ham, lekin ajoyib futbolchi ekanliklari aniq.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR