Prof boks yangiliklari: Bektemirning vaznidagi qozoq bokschisida navbatdagi g'alaba, Fultondan esa o'zgachasi
16 SENTYABR, 2024, 08:32
Kecha AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etildi.Uning markaziy jangida meksikalik Saul Alvares AQSH vakili Edgar Berlangani mag'lub etdi.
— Bundan tashqari, oqshom doirasida o'rta vaznli 41 yoshli bokschi Erislandi Lara 36 yoshli sobiq jahon chempioni Denni Garsiyaga qarshi ringga ko'tarildi va to'qqizinchi raundda muddatidan oldin g'alaba qozonib, WBA chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
— SHuningdek, Murodjon Ahmadalievning vaznidagi sobiq chempion Stiven Fulton Karlos Kastroga qarshi jangda nokdaun holatiga tushganiga qaramay, jangda ochkolar hisobiga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritdi (96-93, 95-94, 94-95).
— Birinchi yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Rolando Romero esa Manuel Jeymsga qarshi kechgan jangda hakamlarning yakdil qarori ila g'olib deb topildi.
— O'rta vazn toifasidagi bokschi Kaleb Plant Trever Makkambi bilan jangda to'qqizichi raundda g'alaba qozondi va WBA Interim kamariga ega chiqdi.
— Bektemir Meliqo'ziev bilan bir vaznda faoliyat olib borayotgan Bek Nurmaganbet ham aynan mazkur oqshomda ringga ko'tarildi. U amerikalik Joshua Konli bilan bahs olib bordi va ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. Bu 26 yoshli Bek uchun faoliyatidagi 12-jangida 12-g'alaba bo'ldi.
Manba: olamsport.com