Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchisi balkondan qulab tushdi
16 SENTYABR, 2024, 08:30
Saudiyaning "Ash-Shabab" klubi yarim himoyachisi Fahad al-Muvallad Dubaydagi xususiy uylarning birida balkondan yiqilib tushdi va kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda AFP xabar berdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi ikkinchi qavatda joylashgan balkondan qulab tushgan.
Qayd etilishicha, al-Muvallad reanimatsiya bo'limida.
Al-Muvallad 2022 yil avgustidan beri "Ash-Shabab" safida o'ynab kelmoqda. U Saudiya Arabistoni terma jamoasi safida 54ta o'yin o'tkazib, 13ta gol urgan.