Musiala "Bavariya" taklifini rad etdi
16 SENTYABR, 2024, 08:06
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala klubning yangi shartnoma taklifini rad etdi.
Myunxenliklar klubi 21 yoshli yulduz bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekanligini bir necha bor e'lon qilgan, biroq tomonlar haligacha kelishuvga erisha olishmagan. Mirror xabariga ko'ra, Musiala "Bavariya"ning so'nggi taklifidan qoniqmagan. Manbaga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisi haftasiga 350 ming evrodan ko'proq maosh olmoqchi.
Jamol Musialaga Angliya Premer-ligasi gigantlari, shuningdek, "Real" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.