logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:52
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Holand qishda "Borussiya D"ni tark etishi mumkin

 23 AVGUST, 11:15

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Holand Evropa futbolida eng ko'p tilga olingan futbolchilardan biri.

Norvegiyalik hujumchini yozda ko'plab Evropa gigantlari, jumladan, "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Real Madrid", "Liverpul" va "Bavariya" kabi etakchilar "radariga tushgan", ammo "asalarilar" to'purarini sotishdan bosh tortishgan.

Marca nashriga ma'lum bo'lishicha, Holand 2022 yilning 1 yanvarida ochiladigan qishki
transfer oynasidanoq jamoasini tark etishi mumkin.

Nashrning yozishicha, Erling shartnomasida 64 million funt miqdoridagi tovon puli
belgilangan bo'lib, u 2021/22 yilgi mavsum oxirida emas, qishda kuchga kiradi.
Shu sababli ko'pgina mutaxassislar norvegiyalikni qishda jamoasini tark etishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Erling mavsum boshida Bundesligada ikkita o'yin o'tkazdi va unda ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR