logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:27
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Liga-1. «Marsel»ga texnik mag'lubiyat yoziladimi?

 23 AVGUST, 10:45 75

.

"Marsel" futbolchilari Frantsiya chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Nitstsa"ga qarshi bahsni oxirigacha o'ynamaslikka qaror qilishdi.

Bahsning 74-daqiqasida "Nitstsa" fanatlari maydonga buyumlar otishdi va maydonga yugurib chiqib, mehmon jamoa futbolchilariga tashlanishdi. "Marsel" futbolchilarining ayrimlari yongil jarohat olishdi.

Vaziyat tinchlangach, oradan bir soat o'tib hakam jamoalarni uchrashuvni oxiriga etkazib qo'yish uchun maydonga taklif qildi, ammo mehmonlar bundan bosh tortishdi.

Shu tariqa, "Marsel"ga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Nitstsa" fanatlari maydonga suvidishlarini uloqtirishgani  tufayli mojaro boshlandi. "Marsel" yarim himoyachisi Dimitri Payet idishlardan birini oldi va muxlislar o'tirgan tribuna tomon otdi. Shundan so'ng muxlislar maydonga yugurib chiqishdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR