Falkao terma jamoaga qaytmoqchi
15 SENTYABR, 2024, 22:42
Kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkao nima uchun vatani Kolumbiyaga qaytgani va "Millionarios"da o'ynashini tushuntirdi.
Ma'lum bo'lishicha, 38 yoshida "El Tigro" o'z mamlakati jamoasiga qaytish umidi bilan yashaydi.
"Men uchun yangi klubdagi barcha uchrashuvlar o'zgacha bo'ladi, chunki men hech qachon Kolumbiya klublarida o'ynamaganman.
Men bu atmosferadan zavq olaman. Mening ustuvor vazifam - yaxshi o'yin ko'rsatish va iloji bo'lsa, terma jamoaga qaytish.
Men yana Kolumbiya terma jamoasida o'ynashga umid qilaman", - dedi futbolchi.