logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:57
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Italiyaning «Kevo» klubi o'z faoliyatini to'xtatdi

 23 AVGUST, 07:20 113

.

Italiyaning “Kevo” futbol klubi iqtisodiy muammolar tufayli faoliyatini to'xtatdi.

Rahbarlar qarzga botgan klub uchun sarmoyadorlarni topa olmadilar, bu esa uning tugatilishiga olib keldi. Dastlab, bu mavsumda “Kevo” B Seriyada o'ynaydi deb taxmin qilingan edi, ammo keyinchalik moliyaviy muammolar tufayli jamoa to'rtinchi divizionga tushirildi. Va endi Verona jamoasi butunlay tugatildi.

"Kevo" 1929 yilda tashkil etilgan. 21 asr boshlarida Verona klubi A Seriyada yorqin o'ynadi va 2006/07 yilgi mavsumda hatto Chempionlar Ligasi saralashida ham ishtirok etdi.

2019 yilda B Seriyaga tushishdan oldin, Verona jamoasi ketma-ket 11 yil A Seriyada o'ynadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR