Superliga. «Lokomotiv» so'nggi daqiqalarda «Andijon» ustidan g'alabani tortib oldi
15 SENTYABR, 2024, 21:42
Superliga 18-turidan o'rin olgan «Andijon» - «Lokomotiv» uchrashuvi yakunlandi. Bellashuvda «temiryo'lchilar» 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Dastlab 46-daqiqada Rustam Xolnazarov toshkentliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, Farhod Sohibjonov 70-daqiqada muvozanatni tikladi. «Loko» vakili Ivan Rogach 90+5-daqiqada jamoasiga 3 ochko keltirgan golni kiritdi.