Ramosga yangi da'vogar klub topildi
15 SENTYABR, 2024, 18:54
Ispaniya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini xorijda davom ettirishi mumkin. 38 yoshli futbolchida faoliyatini MLSda davom ettirish imkoniyati bor.
"Todofichajes" sahifalarida yozilishicha, tajribali futbolchini transferga «San-Diego» klubi qiziqmoqda. Serxio shu yil oxirida Amerika jamoasi safiga qo'shilishi mumkin. Ramos 40 yoshga to'lgunicha o'ynash va futbolni yakunlash uchun ikki yillik shartnoma imzolashi mumkin.
O'tgan mavsumda himoyachi «Sevilya» safida Ispaniya chempionatida to'p tepgan.