Rodri «Real»ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi
15 SENTYABR, 2024, 18:48
Ispaniya terma jamoasi va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkinligi haqida gapirdi.
«Hozir men Angliyadagi hamma narsadan mamnunman. Men dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o'ynayman. Hali uch yillik shartnomam bor, lekin vaqti kelganda kelajak haqida o'ylayman. Ispaniya mening mamlakatim, Madrid esa mening ona shahrim», - dedi futbolchi.