logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Real" Varan o'rniga munosib nomzod topdi

 22 AVGUST, 18:45

La Saeta Rubia nashri xabariga ko'ra, "Real" "Bavariya" markaziy himoyachisi Niklas Zyule bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Qaymoqranglilar" nemis himoyachisini kelasi yozda sotib olmoqchi. 25 yoshli futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyul oyiga qadar tuzilgan, biroq tomonlar hali ham yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti.

Biroq, o'sha manbaning ta'kidlashicha, "Vilyarreal" futbolchisi Pau Torres ham yaqin kelajakda madridliklar transferining ustuvor maqsadi hisoblanadi.


Zyule Chempionlar ligasi g'olibi va Bundesliganing to'rt karra chempioni. Umuman, markaziy himoyachi "Bavariya" safida 135 o'yin o'tkazib, 6 gol va 3 golli uzatma muallifi bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR