Kapello: "Nihoyat, "Milan"ning shiddati va bosimini ko'rdim"
15 SENTYABR, 2024, 17:42
"Milan"ning sobiq ustozi Fabio Kapello A Seriyaning 4-turidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Nihoyat, g'alaba qozonish istagi, motivatsiya, raqib darvozasiga imkon qadar tezroq etib borish istagini ko'rdim. Bu hamma uchun - rahbariyat uchun ham, muxlislar uchun ham, murabbiyning o'zi uchun ham ijobiy signaldir", - deydi Kapello.
Italiya chempionatining navbatdagi turida “Milan” “Inter” bilan o'ynashi kerak. Bu 22 sentyabr kuni sodir bo'ladi.