logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:56
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Holand "Liverpul"ga o'tadimi? Klopp hazilona javob berdi

 22 AVGUST, 17:35

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning "Borussiya" klubining norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu yigit tabiatning kuchidir, u o'zini-o'zi mashg'ulot orqali rivojlantiradi. Erling nihoyatda ajoyib futbolchi. Bundan tashqari, juda xushchaqchaq.

Erling "Liverpul"ga o'tishi mumkinmi?

Menda uning telefon raqami yo'q",- deya Kloppning so'zlarini keltiradi Bild nashri.

Eslatib o'tamiz, Holand 2020 yil yanvar oyida "Borussiya Dortmund"ga "Red Bull Zaltsburg"dan ko'chib o'tgandi. Norvegiyalik forvardning Bumblebees bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. 2020/2021 yilgi mavsumda forvard "Borussiya" tarkibida 40 ta o'yinda qatnashdi, 40 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq, Londonning "Chelsi" klubi Holand xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR