logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:26
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
«Lokomotiv» bosh murabbiyi qo'y so'yib, duo-fotiha qilishni so'radi

 22 AVGUST, 17:15 61

.

Jizzaxdan qaytayotib ("So'g'diyona"ga qarshi bahsdan so'ng — Stadion.uz izohi), yo'l bo'yi Sekeyra o'yindagi vaziyatlarni qayta-qayta tomosha qildi; manzilga yaqinlashganimizda kompyuterini yopib, bir muddat sukut olgach, yon o'rindiqdagi yordamchilariga qaradi:

"Faoliyatim davomida birinchi marotaba ketma-ket 3 ta o'yinni oxirgi soniyalarda boy berishim. Mutaxassis sifatida bir necha sababni aytishim mumkin, ammo..."

Hech kim miq etmadi; bosh murabbiy tag'in biroz o'yga toldi va tilmochiga tarjima qilishni so'rab ishora qilgancha menga yuzlandi: "Doktor, iltimos tashkillashtiring. Jamoa bilan avval qilganimizday qo'y so'yib, bir duo-fotiha qilaylik...".

Tongda jamoaning telegramdagi sahifasida bosh murabbiydan xabar paydo bo'ldi:

“Har bir mag'lubiyat bizni kelgusida yanada kuchli qiluvchi omilga aylanishiga ishonaman. Asosiysi taslim bo'lmaslik va doimo oldinga intilishdir: sabr, mehnat, ishonch ila! Biz bir oilamiz va men sizdek jamoaga murabbiy ekanligimdan faxrlanaman. Barchasi oldinda, olg'a yigitlar!”

Abror Pirriev

"Lokomotiv" klubi shifokori.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR