"Yuventus" Kellini jamoaga qaytganini e'lon qildi
15 SENTYABR, 2024, 16:24
"Yuventus" o'zining rasmiy sayti orqali Jorjio Kellinining jamoaga qaytganini e'lon qildi.
Turinliklar jamoasining sobiq futbolchisi rahbariyatdan joy oldi - Kellini institutsional futbol munosabatlari bo'limini boshqaradi. U "Keksa sinora"ning milliy va xalqaro futbol tashkilotlari bilan aloqalari uchun javobgar bo'ladi.
Jorjio Kellini faoliyati davomida bevosita “Yuventus” bosh direktori Mauritsio Skanavioga hisobot beradi.