Gattuzo barcha o'yinchilariga iPhone 16 sovg'a qildi
15 SENTYABR, 2024, 16:18
"Xayduk" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo futbolchilar va xodimlarga sovg'alar berishga qaror qildi. 24CATA xabar berishicha, italiyalik murabbiy barchaga yangi iPhone 16 sotib olgan.
Manbaga ko'ra, taxminan 30-35 ta smartfon buyurtma qilingan. Gattuzo taxminan 40 ming evro to'lagan.
Gattuzo bu sovg'ani muvaffaqiyatli natija munosabati bilan o'yinchilarga tuhfa qilgan. Juma kuni “Xayduk” safarda Zagrebning “Dinamo” jamoasini mag'lub etdi. Gattuzo shogirdlari 1:0 hisobida zafar quchdi, gol Marko Livaya hisobiga yozildi.