logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:57
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Frantsiya, Ispaniya, Angliya yoxud Xamesning keyingi manzili Rossiya chempionatimi?

 22 AVGUST, 15:15

"Everton" yarim himoyachisi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

"Everton" bosh murabbiyi Rafael Benites jamoasining yarimhimoyachisi Xames Rodrigesga yangi mavsum yangi mavsum rejalariga kiritmaganini aytdi.

Hozircha tajribali kolumbiyalikka uchta da'vogar bor. Angliya Premer-ligasida futbolchini "Nyukasl" ustozi Stiv Bryusni, Italiya A Seriyasida "Roma" ustozi Joze Mourino kshrishni istamoqda.

Kuchli uchlikni Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yopmoqda. Ma'lum bo'lishich, petrburgliklar Angliya klubiga Rodriges uchun taklif jo'natmoqchi. Hozirda "Zenit" safida to'p tepayotgan kolumbiyalik futbolchi Vilmar Barrios Xamesni Rossiyaga taklif qilgan. Manbada aytilishicha, Rossiya klubining Rodrigesni olishiga to'sqinlik qila oladigan yagona narsa uning narxi.
Yarim himoyachi 28 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum doirasida futbolchi APLda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR