logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
"PSJ" hujumchisi jarohat sabab uch hafta maydonga tushmaydi

 22 AVGUST, 14:35 92

.

"PSJ" hujumchisi Maurio Ikardi elkasidan jarohat olib, taxminan uch haftani o'tkazib yuboradi, deya xabar beradi Parij matbuot xizmati. Argentinalik futbolchi "Brest"ga qarshi Frantsiya chempionati 3 -tur uchrashuvida jarohat oldi. Uchrashuv parijliklarning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Ma'lum bo'lishicha, hujumchi uchrashuvda o'ng qo'lidan jiddiy jarohat olgan, Biroq, rentgen nurlari Ikardining qo'li sinmaganligini ko'rsatdi. Ammo, argentinalik qo'liga qattiq shikast etkazdi, shuning uchun endi u bir necha haftani o'tkazib yuboradi.

Aftidan, u sentyabrga belgilangan uchrashuvlarni to'liq o'tkazib yuboradi.

"PSJ" uch turdan so'ng Liga 1 musobaqasi jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Parijliklar uchta o'yinda to'qqiz ochko to'plashdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR