Zamonaviy beshkurashchilarimizning jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlandi
15 SENTYABR, 2024, 14:00
Portugaliyada zamonaviy beshkurash bo'yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionatida qizlar o'rtasidagi bellashuvlar yakunlandi.Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Samira Abzalova ettinchi o'rinni band etdi. Sportchimiz yakunda 1346 ochko jamg'ardi. Yakkalik dasturida ishtirok etgan yana bir yurtdoshimiz Mehriniso Qahramonova 1230 ochko bilan 35-pog'onadan joy oldi.
Eslatib o'tamiz, Mehriniso Qahramonova hamda Mubinaxon Qodirjonova juftligi estafeta bahslarida o'ninchi natija qayd etishgan edi.
Manba: olamsport.com